Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha gaz o‘chiriladi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
Tumandagi 990 ta uy xo‘jaligida 7 soat gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir necha manzillarda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Amir Temur ko‘chasidagi gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan.
“Shu sababli joriy yilning 22-yanvar kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tumanning Geofizika ko‘chasidagi 2 ta ko‘p qavatli uylardagi 90 ta aholi xonadonlarida hamda Geofizika, Soybo‘yi, Tabassum, Matonat, Bunyodkorlik ko‘chalari va Vatan ko‘chasi 1-2-3-4-5-6-7-8, O‘tar ko‘chalaridagi jami 990 ta uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi”, - deyilgan xabarda.
"Hududgaz Poytaxt" ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan gaz ta’minoti qayt tiklanishini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0