LXRda 300 kg portlovchi modda bo‘lgan maxfiy joy aniqlandi – video

Obuna bo‘lish
O‘q-dori va portlovchi modda saqlangan maxfiy joy Kremenskiy tumanining Kudrashovka aholi punktida topilgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Lugansk xalq respublikasi (LXR) xavfsizlik xizmati xodimlari ozod qilingan hududdagi maxfiy joydan 300 kilogrammdan ziyod portlashi oson bo‘lgan predmetlarni aniqlashdi. Bu haqda RIA Novosti manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, maxfiy joy Kremenskiy tumanining Kudrashovka aholi punktida topilgan.
U yerdan, xususan, 5 ta tank snaradi, 2 ta parchalanadigan fugas snaradi va 225 ta Ukrainadagi ishlab chiqarilgan 4S20U dinamik himoya elementlari (portlovchi moddaning umumiy vazni 306 kg) musodara qilingan.
“Tergov tadbirlari davomida aniqlangan o‘q-dori va portlovchi moddalarni Ukraina fuqarosi saqlab kelgani aniqlandi. U maxsus operatsiya boshlangan paytda Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birida xizmat qilgan”, - deyilgan xabarda.
Hozir respublika xavfsizlik xizmati xodimlari terrorchilik aktlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishni davom ettirishmoqda.
Avvalroq LXR militsiyasi ozod qilingan hududlardagi binolardan birida 6 ta 120 millimetrli minadan yasalgan qo‘lbola portlovchi moslamani topgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0