Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 22 yanvarning asosiy voqealari

© Ministerstvo oboronы RF / Mediabankka oʻtishMobilizovannыe porazili pozitsii VSU iz modernizirovannыx gaubits "Msta"
Mobilizovannыe porazili pozitsii VSU iz modernizirovannыx gaubits Msta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda: Ukraina Qurolli kuchlari harbiy texnikasi tizimli yoʻq qilinmoqda, Zaporojye viloyatida hujum natijasida Rossiya armiyasi pozitsiyalarni egallab olishdi.
TOSHKENT, 23 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning oʻtgan sutka davomida sodir boʻlgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupyansk yoʻnalishida Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Gryanikovka aholi punktlari, shuningdek LXRning Novoselovskoye va Stelmaxovka aholi puntklari shimoliy chekkasida joylashgan UQKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari boʻlinmalariga artilleriya va aviatsiya zarbalari berildi. Natijada 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, avtomobil va pikap yoʻq qilindi.
Krasno-Limanskiy yoʻnalishida LXRning Chervonaya Dibrova, Stelmaxovka, DXRning Serebryanskiy oʻrmon xoʻjaligi va Yampolovka aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKning 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi boʻlinmalari 95, 80-havo hujumi brigadalari va 125-hududiy mudofaa brigadasiga zarbalar berildi. Natijada 80 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bitta BMP, beshta zirhli jangovar mashinasi va bir pikap yoʻq qilindi.
DXRning Vishnevoye va LXRning Nevskoye aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AT/TPQ-48 va AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radarlari yoʻq qilindi.
Donetsk yoʻnalishida DXRning Razdolovka, Blagodatnoye, Krasnopole va Severnoye aholi punktlari hududlarida UQK boʻlinmalariga zarbalar berildi. DXRning Antonovka aholi punkti hududida UQKning artilleriya oʻq-dorilari ombori yoʻq qilindi.
Ushbu yoʻnalishda kun davomida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, shuningdek, D-30 gaubitsasi yoʻq qilindi.
Zaporojye yoʻnalishi boʻyicha hujum operatsiyalari amalga oshirildi va Sharqiy harbiy okrug boʻlinmalari yanada qulay mudofaa chiziqlari va pozitsiyalarni egallab olishdi.
DXRning Stepnogorsk, Zaporojye viloyati va Prechistovka aholi punktlari hududlarida 85 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BMP, ikkita zirhli jangovar mashina, bitta pikap, ikkita D-20 gaubitsasi va bitta D-30 gaubitsasi yoʻq qilindi.
Shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Preobrajenka posyolkasi, Malinovka qishlogʻi hududida Ukraina Qurolli kuchlarining artilleriya oʻq-dorilari ombori yoʻq qilindi.
Xerson yoʻnalishida, Sadovoye qishlogʻi yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 aksilartilleriya radari yoʻq qilindi.
Aviatsiya, raketa qoʻshinlari va artilleriya yordamida Zaporoje viloyati, Lejino aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 128-togʻli hujum brigadasining qoʻmondonlik punktini yoʻq qilindi. Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining 74-artilleriya boʻlinmalari 119 ta tumanda oʻq otish pozitsiyalari, askarlari va harbiy texnikasi yoʻq qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimi DXRning Antonovka qishlogʻi yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida LXRning Zmeyevka, Vladimirovka, Krasnorechenskoye, Yagodnoye, DXRning Urojaynoye, Novomayorskoye, Zaporojye viloyatining Priyutnoye va Ochakovskoye aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 9 ta uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilindi.
Zaporojye viloyatining Rabotino va Molochansk aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS koʻp raketa tizimining ikkita raketasi urib tushirildi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Stepnogorsk aholi punkti hududida Amerikaning "HARM" radarga qarshi raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 376 ta samolyot, 203 ta vertolyot, 2931 ta uchuvchisiz uchish apparati, 401 ta zenit-raketa tizimi, 7601 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 985 ta koʻp martalik jangovar transport vositalari, 3887ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari, shuningdek, 8144 dona maxsus harbiy mashinalari yoʻq qilindi.
Yangiliklar lentasi
0