“Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasi MChJga aylantirilmoqda

© GUP "Toshkent issiqlik markazi"Predpriyatiya sentralizovannogo teplosnabjeniya goroda Tashkenta
Predpriyatiya sentralizovannogo teplosnabjeniya goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJga Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasi yuklatildi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatga (MChJ) aylantiriladi. Tegishli qaror 13-yanvar kuni qabul qilingan.
2023 yil 1-fevralga qadar Jamiyat ustav kapitalidagi ulushni qoldiq (balans) qiymatda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.
Jamiyat "Toshkent issiqlik markazi" DUKning shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.U Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.
1 martga qadar qozonxonalarni DXSh asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Energetika vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar respublikadagi issiqlik markazlari faoliyatini o‘rganib chiqib, issiqlik markazlarini 2023-yil 1-iyundan boshlab bosqichma-bosqich "Issiqlik elektr stansiyalari" AJga berish, issiqlik uzatish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ularni keyinchalik ekspluatatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0