Artyomovsk qurshovi va Zaporojyeda Ukraina mudofaasining parchalanishi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto
Voyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
NATO mamlakatlari Ukraina mojarosiga qanchalik agressiv aralashsa, Rossiya maxsus operatsiyasi maydonlari shuncha kengayadi - adovatli qo‘shnichilik uchun muqarrar kompensatsiya va Rossiya Federatsiyasining zarur xavfsizlik zonasini ta’minlash uchun.
Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya zonasida butun 800 kilometrlik to‘qnashuvlar liniyasida olg‘a yurishda davom etmoqda. Eng qaynoq nuqtalar – Artyomovsk shahri va Zaporojye yo‘nalishi. U yerda dushman mudofaasi va qo‘shinlari muvaffaqiyatli yo‘q qilinmoqda.
Ukrainada ommaviy safarbarlikning oltinchi to‘lqini va G‘arb qurollarining yangi ta’minotlari UQK va NATO ga jangovar harakatlar xususiyatini o‘zgartirishga yordam bera olmaydi. Bu Rossiya Qurolli kuchlarining o‘t ochish, taktik va strategik jihatdan ustunligi bilan hal etiladi.
Rossiya qo‘shini bo‘linmalari va “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining xujumkor otradlari Artyomovskda ko‘p ming kishilik ukrain granizonini qurshovga olishni yakunlamoqda - sharqdagi “kanalar” shimol va janubdan qisqarmoqda, shahardan Slavansk va Konstantinovka yo‘nalishidagi ikkita asosiy yo‘l Rossiya artilleriyasining doimiy nazorati ostida. Ukraina qo‘shinlarining zaxiralari va o‘q-dorilarini “Baxmut go‘shtqiymalagich”ga o‘tkazish tobora qiyinlashmoqda. Faqat “snarad ochligi” kuchaymoqda. “Himoyachilar” odatdagidek (qo‘rqoqlarcha) turar-joy binolarida (tinch aholi ortiga) o‘zini va jangovar texnikani yashirishmoqda. Va bu faktni Britaniyaning "Sky News" telekanali ham tasdiqladi.
“Kalamushlar kemadan qochishmoqda”: UQK qo‘mondonligi va g‘arbiy harbiy maslahatchilar “fortetsiya”ni havoda qoldirishga urinishmoqda (Mariupol varianti), biroq ikkita Mi-8 ukrain vertoloti bugun uchib bora olishmadi: biri Artyomovsk chekkasida ko‘chma zenit raketa kompleksi tomonidan urib tushirilgan. Ikkinchi bort esa, ortga g‘arbga qaytib ketgan.
Avvalroq Klesheyevkada (Artyomovskdan 3 km janubga) “Vagner” HXK hujumkor otradi bosimi ostida UQKning alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi oldingi liniyadan qochdi, mudofaa qilayotgan brigada shaxsiy tarkibning 70%, ya’ni ikki mingdan ortiq jangchisini yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari, operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriya qo‘llovida Slavanskdan 16 km shimoli-janubda joylashgan Krasnopolye aholi punktini ozod etdi.
Bir vaqtning o‘zida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina qo‘shinlarining Zaporojye yo‘nalishidagi birinchi mudofaa liniyasini yorib o‘tdi. Bir sutkada 7 km ichkari kirib bordi. Va Gulyaypole va Orexov shaharlarida hujumlarni davom ettirishmoqda. Bugungi kunda Zaporojye viloyatining 75% Rossiya nazorati ostida. Eslatib o‘tmiz, Zaporojye viloyati 2022-yil sentabr referendumlari natijasiga ko‘ra RF tarkibiga kirgan.

Shimoliy shamol

Soledar va unga qo‘shni aholi punktlarini ozod qilgandan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari bir qancha yo‘nalishlar bo‘ylab Seversk shahriga janglar bilan olg‘a harakatlanmoqda. Dushman qo‘shni vaqti-vaqti bilan Kremennoy tumanida faol qarshilik ko‘rsatmoqda, biroq UQK harbiy to‘qnashuv liniyalarining birorta uchastkalarida yetakchilikni saqlab qola olmaydi. Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumlari keskin bostirilmoqda. UQK bosh shtabi rahbariyatga Rossiya kuchlari tomoni “har qanday qurollar”dan foydalanayotganini ma’lum qilmoqda.
Harbiy razvedka bosh boshqarmasi (GUR) Rossiya qo‘shinlarining fevral oyida Xarkov viloyatidagi Kupansk yo‘nalishiga hujumini bashorat qilmoqda. Shu fonda UQK yirik qarshi hujumga tayyorlash haqiqatdan yiroqdek ko‘rinadi, ammo G‘arb Ukraina tarixi yakuni uchun aynan shu variantni ilgari surmoqda.
NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar Amerikaning UQK nemis “Leopard” tanklarini Kiyevga yetkazib berishda Germaniyaga bosim o‘tkazishmoqda. Berlin ikkilangan va manyovr qilmoqda. AQSh kongressida Oq uy ma’muriyatini Qrimga zarbalar berish uchun Kiyev rejimiga Amerikaning M1 Abrahms va ATACMS ballistik raketalarini yetkazib berishga chaqirmoqda.
Prezident Vladimir Zelenskiy va bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniy 100 ta NATO tanklarini kutishmoqda. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelning aytishicha, harbiy harakatlarning kelayotgan yaqin ikki-uch haftasi Ukraina uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin va “ko‘p jihatdan bizning kelajagamizni belgilab beradi”. Ukraina Mudofaa vazirligining rasmiy vakili 22-yanvar kuni itoatkorona tasdiqladi: “Bahor va yozning boshlanishi urushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar Rossiyaning bu vaqtlarga belgilangan rejalari ish bermasa, bu Rossiya va Putinning muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi”.
Ayni paytda ukrainada armiya safiga chaqirilganlar Belarus chegarasidan bir necha kilometr uzoqlikdagi poligonlarda qattiq mashq qilishmoqda va CNN ta’kidlashicha: “Ba’zi ekipajlaridan ikki baravar eskirgan T-72 tanklari tumanga, quruqlikdagi qo‘shinlarga o‘q uzmoqda, tashlandiq binolarga bostirib kirish uchun mashq qilmoqda ... General-leytenant Sergey Nayev og‘ir pulemotlar va zenit qurollari bilan qurollangan o‘nlab pikaplarni qabul qilmoqda”.
Fransiyaning "Agoravox" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida yetakchilik anchadan buyon Rossiyaga tegishli, Ukraina esa “bahorda boy berilgan hududlarning yigirmadan bir qismini qaytarishdan tashqari hech qanday strategik dividendlar olmagan”. Va G‘arbning barcha sarmoyalari havoga sovurildi.
AQSh armiyasi podpolkovnigi, katta ilmiy xodim, to‘rtta urush veterani Deniyel Devis shunday deydi: “Tanklar, jangovar piyoda mashinalari, gaubitsalar, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, qiruvchi samolyotlar boshqalar - agar o‘qitilgan va tajribali mutaxassislar tomonidan boshqarilsa, maksimal samaradorlikni ta’minlaydi”. Ukraina haqiqati - “Call of Duty” videoo‘yini emas”. Bugungi kunda NATO mamlakatlarida tank va tank janglari uchun tayyorlangan mutaxassislar juda kam va UQK ekipajlarini Rossiya bilan urushga o‘rgatadigan hech kim yo‘q. Bundan tashqari, NATO zirhli texnikalarini “yetarli yoqilg‘i va o‘q-dorilar bilan ta’minlash, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va taktika darajasida professional tarzda foydalanish zarur- vzvoddan to batalongacha”. Ta’kidlash joiz, UQK Germaniyaning “dunyodagi eng zo‘r” SAU PzH 2000 tanklarining kamchiliklari bilan yaxshi tanish.
Boshqa tomondan Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya boshlangan 11 oy davomida UQKning 7600 dan ortiq tanklar va boshqa zirhli mashinalarini, jumladan, 2000 dan ortiq tank (oyiga o‘rtacha 700 ta tank)larini yo‘q qilgan. Hozirgi kunda Rossiya o‘z qo‘shinlarini zamonaviy T-90M “Proriv” tanklari bilan ta’minlab kelmoqda. Ehtimol, nemis, britan va amerikan alohida tank batalonlari Polshaning T-72 modifikatsiyalaridan ancha yaxshi himoyalangan va baribir ularning Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridagi muvaffaqiyatsizliklarini bashorat qilish mumkin – maxsus harbiy operatsiya zonasida NATOning har qanday texnikasining kuli ko‘kka sovuriladi.
Kiyev rejimiga yangi qurollarni yetkazib berish bu manzarada hech nimani o‘zgartirmaydi. Biroq G‘arbning hatti-harakatlari sabab Rossiya maxsus operatsiyasining Ukraina tashqarisida ham sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori. NATO mamlakatlari qanchalik agressiv aralashsa, Rossiya maxsus operatsiyasi maydonlari shuncha kengayadi- adovatli qo‘shnichilik uchun muqarrar kompensatsiya va Rossiya Federatsiyasining zarur xavfsizlik zonasini ta’minlash uchun.
Yangiliklar lentasi
0