Xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar qoldirildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSoiskatel zapolnyayet anketu
Soiskatel zapolnyayet anketu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sinov testlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifa va funksiyalar ijrosiga kirishganidan so‘ng imtihonlar muddati ma’lum qilinadi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni bo‘yicha sinov testlari noma’lum muddatlarga qoldirildi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar hamda fevral oylarida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun “Mutaxassislik fanlari” bo‘yicha sinov testlari o‘tkazilishi lozim edi.
Prezidentning PF-269-sonli farmoniga muvofiq 1-yanvardan boshlab Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlangan holda tugatilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishga oid vazifa va funksiyalar ijrosiga kirishilganidan so‘ng rejalashtirilgan sinov testlari bo‘lib o‘tadigan kunlar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, xorijda olingan har qanday diplom O‘zbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).
Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nostrifikatsiya guvohnomasi bilan birgalikda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0