https://sputniknews-uz.com/20230124/shavkat-mirziyoev-iht-bosh-kotibi-xusrav-noziriyni-qabul-qildi-31687348.html
Shavkat Mirziyoyev IHT bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev IHT bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi
IHT bosh kotibi Oʻzbekistonning tashkilotdagi raisligini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslar va oʻtkazilgan amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlaganini... 24.01.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-01-24T20:19+0500
2023-01-24T20:19+0500
2023-01-24T20:19+0500
siyosat
iqtisod
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
shavkat mirziyoyev
uchrashuv
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e7/01/18/31687033_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_d029f2e6e91decf97f3fbcf2894111c8.jpg
TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.Xusrav Noziriy Oʻzbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligini qayd etdi va savdo, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va oʻtkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlaganini taʼkidladi.Keyingi yillarda Oʻzbekistonning Tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga oʻsgani, qoʻshma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga koʻpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi.Shuningdek bosh kotib Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi va unga har tomonlama tayyorgarlik koʻrilmoqda, - deyiladi xabarda.Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda Oʻzbekiston raisligida IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtmoqda. IHT mintaqaviy koʻp tomonlama tuzilma. Bugungi kunda tashkilotga Oʻzbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston aʼzo. Oʻzbekiston IHTga 1992 yilda qoʻshilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e7/01/18/31687033_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_7e1bc927e844cd6ea1e69624acad9523.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht) , shavkat mirziyoyev, uchrashuv
iqtisod, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht) , shavkat mirziyoyev, uchrashuv
Shavkat Mirziyoyev IHT bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi
IHT bosh kotibi Oʻzbekistonning tashkilotdagi raisligini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslar va oʻtkazilgan amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlaganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.
Xusrav Noziriy Oʻzbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligini qayd etdi va savdo, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va oʻtkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlaganini taʼkidladi.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonning Tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga oʻsgani, qoʻshma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga koʻpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek bosh kotib Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi va unga har tomonlama tayyorgarlik koʻrilmoqda, - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda Oʻzbekiston raisligida IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi
boʻlib oʻtmoqda. IHT mintaqaviy koʻp tomonlama tuzilma. Bugungi kunda tashkilotga Oʻzbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston aʼzo. Oʻzbekiston IHTga 1992 yilda qoʻshilgan.