https://oz.sputniknews-uz.com/20230124/transyoglar-istemolini-butunlay-taqiqlash-vaqti-keldi--jsst--31668677.html
Transyogʻlar isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
Transyogʻlar isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
Transyogʻlar lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. 24.01.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-01-24T14:57+0500
2023-01-24T14:57+0500
2023-01-24T17:05+0500
dunyoda
jsst
tedros adxanom gebreyesus
salomatlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/275/11/2751131_0:544:2675:2048_1920x0_80_0_0_0d9607d6c24c44aa722324699ce09181.jpg
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta koʻz yumishiga sanoat yoʻli bilan ishlab chiqariladigan transyogʻlar sabab boʻlmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, shu bois Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda 2021 yildan boshlab faqat 100 gramm yogʻ tarkibida 2 grammdan kam transyogʻlar boʻlgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.Daniyada esa sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan transyogʻlarga 20 yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.Tahlillarga koʻra, transyogʻlarni koʻp isteʼmol qilish sogʻliq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.Tarkibida palma moyi boʻlgan mahsulotlar ustidan nazorat kuchaytiriladiEslatib oʻtamiz, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transyogʻlar koʻp miqdorda uchraydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/275/11/2751131_0:42:2675:2048_1920x0_80_0_0_2b4f1b61ea91bbd32ad4cb7987cb7447.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jsst, tedros adxanom gebreyesus , salomatlik
jsst, tedros adxanom gebreyesus , salomatlik
Transyogʻlar isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
14:57 24.01.2023 (yangilandi: 17:05 24.01.2023) Transyogʻlar lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta koʻz yumishiga sanoat yoʻli bilan ishlab chiqariladigan transyogʻlar sabab boʻlmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)
maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, shu bois Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda 2021 yildan boshlab faqat 100 gramm yogʻ tarkibida 2 grammdan kam transyogʻlar boʻlgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.
Daniyada esa sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan transyogʻlarga 20 yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.
“Transyogʻlar inson oʻlimiga sabab boʻluvchi zaharli moddalardir. Shunday ekan, ularning isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar koʻrishga chaqiramiz”, deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
Tahlillarga koʻra, transyogʻlarni koʻp isteʼmol qilish sogʻliq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.
Eslatib oʻtamiz, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transyogʻlar koʻp miqdorda uchraydi.