Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

© Oliy sudBuxoro viloyat sudi
Buxoro viloyat sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
© Oliy sudBuxoro viloyat sudi
Buxoro viloyat sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Buxoro viloyat sudi
Bu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Salamat Kalilayev Jinoyat kodeksi (JK)ning 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 3-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari)ga asosan dastlabki uy qamog‘ida o‘tirgan 6 oy 4 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 2-yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilib, jazo 3-yil sinov muddati bilan shartli deb belgilandi.
Berdax Genjebayev JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi tartibida, dastlabki qamoqda saqlangan 1 oy 19 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4-yil 10 oy 11 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, unga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i extiyot chorasi bekor qilindi.
Sud hukmiga ko‘ra:
Nurlan Sultamuratov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 3-yil;
Polat Nurniyazov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 4-yil;
Qaharman Seytimov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 5-yil;
Saipnazar Kalimov bilan Arislan Temirxanov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, har biri 6-yildan;
Polat Shamshetov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45 (muayan huquqdan mahrum qilish), 57-moddalari qo‘llanilib, 3-yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6-yil;
Amirbek Adilbekov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 7-yil;
Baxtiyar Kadirbergenov JKning 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 7-yil;
Seydabulla Medetov bilan Nurlan Nayipov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida, har biri 7-yildan;
Razbek Bekmuratov JKning 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8-yil;
Sultanbek Kaipov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8-yil;
Dao‘letmurat Djiyemuratov JKning 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari) 3-bandiga asosan oqlanib, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 8-yil;
Bayram Seytniyazov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8-yil;
Allabay Toqimbetov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 8-yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazolariga sudlanishdi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanadi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashadi.
© Oliy sudBuxoro viloyat sudi
Buxoro viloyat sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Buxoro viloyat sudi
Shuningdek:
Azamat Nuratdinov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 5-yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 13 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4-yil 5 oy 17 kun;
Axmet Smetullayev JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib 5-yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 22 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4-yil 5 oy 8 kun;
Azamat Turdanov JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45, 57-moddalari qo‘llanilib 3-yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5-yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 25 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4-yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandilar.
Ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan A. Nuratdinov, A. Smetullayev va A. Turdanov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Lolagul Kallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8-yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7-yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3-yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. JKning 59-moddasi tartibida u 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Jazoning dastlabki 2-yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Shuningdek, sudlanganlar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va D. Djiyemuratovning aybidan JKning 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, sudlanganlar R. Bekmuratov bilan S. Kaipovning aybidan JKning 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ushbu xarakatlar JKning 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli), sudlangan A. Nuratdinovning aybidan JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli) chiqarildi.
© Oliy sudBuxoro viloyat sudi
Buxoro viloyat sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Buxoro viloyat sudi
Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard so‘mdan ortiq zararning 256 million so‘mi qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish belgilandi.
O‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 million so‘m zararni sudlangan D. Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.
Hukmdan norozi taraflar shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Yangiliklar lentasi
0