Bu yil mingga yaqin xorijlik o‘qituvchilar O‘zbekiston tibbiyot oligohlarida dars o‘tadi - SSV

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishNa stende Glavnogo voyennogo meditsinskogo upravleniya, predstavlennogo v vistavochnoy ekspozitsii na Mejdunarodnom forume "ARMIYa-2021"
Na stende Glavnogo voyennogo meditsinskogo upravleniya, predstavlennogo v vistavochnoy ekspozitsii na Mejdunarodnom forume ARMIYa-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna bo‘lish
2023 yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 1000 nafar chet ellik professor-o‘qituvchini tibbiy o‘quv jarayonlariga jalb etadi. Bu haqda ​ Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi.
Jumladan:
gematologiya va onkogematologiya bo‘yicha mutaxassislar, nefrolog, endokrinolog hamda kardiologlar Rossiyada;
hamshiralar Germaniyada;
onkologlar Koreyada;
xirurglar Hindistonda;
kardioxirurglar, transplantologlar Saudiya Arabistoni va Turkiyada;
rahbar kadrlar esa Singapur va Turkiya davlatlarida malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, bu yil 7,5 ming nafar bitiruvchi hisobiga oilaviy shifokor vakansiyasini 90 foizga, tor mutaxassislar vakansiyasini esa 70 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tibbiyot institutlarda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiyasi” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan xolda o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasalari hamda kollej va texnikumlarning o‘quv dasturlari AQSh, Koreya, Germaniya, Turkiya, Singapur va Rossiya standartlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek tilida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi.
Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy qilinadi.
“Uzluksiz kasbiy ta’lim akademiyasi” tashkil etish orqali, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi 11 ta institut, 23 ta ixtisoslashtirilgan markazlar, 26 ta ko‘ptarmoqli klinikalar va xususiy muassasalarda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xorijdan 350 nafar professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb qilingan. Shuningdek, 800 nafar shifokor Germaniya, Koreya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Turkiya kabi chet davlatlarning nufuzli klinikalari va universitetlariga malaka oshirib qaytgan.
Yangiliklar lentasi
0