O‘zbekiston hududlarida “halol” restoranlar ko‘payadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit "Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit". Den perviy
X Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hududlardagi kafe va restoranlarning egalari fevral oyidan boshlab sertifikatlar olishni boshlaydi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari “halol” standartiga muvofiqligi bo‘yicha maxsus sertifikatlar oladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hududlardagi kafe va restoranlarning egalari fevral oyidan boshlab sertifikatlar olishni boshlaydi. Buning uchun korxonaning “halol” standarti talablariga muvofiqligini tekshirish kerak.

“Uni Butunjahon “halol” qo‘mitasi taqdim etadi”, - dedi Butunjahon “halol” qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Botir Mirzagaliyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, halol oziq-ovqatga bo‘lgan qiziqish o‘zbekistonliklarning sog‘lom ovqatlanishga intilishi bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishi faol rivojlanmoqda - bu musulmon madaniyati uchun ahamiyatli joylarga sayohat. Ziyorat turizmi tashkilotchilari ziyoratchilar uchun bunday turlar doirasida ularni halol meyorlar bo‘yicha mehmonxonalarga joylashtirish, shuningdek, halol taomlar bilan ta’minlash orqali alohida qulay sharoit yaratmoqda. Shu bois umumiy ovqatlanish korxonalarini “halol” standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlari alohida ahamiyatga ega.
Turizmning bu yo‘nalishi istiqbolli, chunki mamlakatdagi 3,5 ming turistik obyekt islom diniga bevosita bog‘liq. Ular asosan Buxoro, Samarqand va Toshkentda joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0