"Azimut" aviakompaniyasi Moskvadan Termizga parvozlar sonini oshirdi

© Sputnik / Vitaliy TimkivSamolet aviakompanii Azimuth
Samolet aviakompanii Azimuth  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Endi "Azimut" aviakompaniyasi Termiz xalqaro aeroporti Vnukovo (Moskva) aeroportidan seshanba kunlari qo‘shimcha reysni amalga oshiradi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi 6-fevraldan boshlab Moskvadan Termizga parvozlar sonini oshirdi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
Avvalroq aviatashuvchi Moskva — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta: juma kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirgan.
Endi Termiz xalqaro aeroporti Vnukovo (Moskva) aeroportidan seshanba kunlari qo‘shimcha reysni amalga oshiradi.
Qatnovlar "Sukhoi Superjet 95" samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga yangi reysni yo‘lga qo‘ygan edi. Sochi-Buxoro-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0