Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash litsenziyasi narxi belgilandi

© Depositphotos.com / ArturVerkhovetskiyVoditel za rulem
Voditel za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash litsenziyasining narxi belgilandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3 mln so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.

Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat ta’lim faoliyatini litsenziyalash ustunida (29-ustun) haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilishi o‘tgan yilning dekabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. Ilgari bu ish bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi shug‘ullangan.
Yangiliklar lentasi
0