O‘zbekiston va Vyetnam bojxona sohasida hamkorlik qiladi

© Press-slujba ministerstva investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Peregovori ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Laziza Kudratova s ministrom promishlennosti i torgovli Vyetnama Nguyen Xong Dyen.
 Peregovori ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Laziza Kudratova s ministrom promishlennosti i torgovli Vyetnama Nguyen Xong Dyen. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshganini qayd etdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitimni ko‘rib chiqish va tuzishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Xanoy shahrida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Vyetnam sanoat va savdo vaziri Nguyen Xong Dyen o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va transport-logistika sohasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilingan.
“Xususan, tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshganini qayd etdi. Bu borada hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligi inobatga olinib, bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitimni ko‘rib chiqish va tuzishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olingan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyihalar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vyetnam hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini va qo‘shma biznes-forumni o‘tkazishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Vyetnam avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0