Alisher Navoiy nomli kema qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

© FescoSudno Alisher Navoiy
Sudno Alisher Navoiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Dunyo okeanlarida nomi O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha kemalar suzgan va suzib yurmoqda. Ular orasida “Marg‘ilon”, “O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Buxoro”, “Samarqand”, “Andijon” kabilari bor.
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning nomi nafaqat O‘zbekistonda yoki Markaziy Osiyoda, balkim dunyoning boshqa joylarida ham ma’lum. Navoiy haykali Moskva, Minsk, Boku, Vashington, Seul, Tokio va boshqa shaharlarda o‘rnatilgan.
Bugun sizga Navoiy nomi bilan atalgan kema haqida hikoya qilib bermoqchimiz. Alisher Navoiy nomli yuk kemasi 1969-yilda Yugoslaviyada qurilgan.
Qurilgan yili - 1969-yil.
Uzunligi - 159,45 m.
Kengligi - 21,25 m.
Yuk sig‘imi - 10204 tonna.
Ushbu yuk kemasi 1999-yilga qadar dunyo okeanlarda suzgan. Ayni damda foydalanishdan chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, dunyo okeanlarida nomi O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha kemalar suzib yurmoqda. Xususan, Davronbek ismli blogerning yozishiga ko‘ra, “Marg‘ilon”, “O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Buxoro”, “Samarqand”, “Andijon”, “Qo‘qon”, “Hamza”, nomli kemalar mavjud bo‘lgan.
© Vodniy transportSudno Alisher Navoiy
Sudno Alisher Navoiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Sudno Alisher Navoiy
Yangiliklar lentasi
0