Ukraina NATO ishlab chiqarayotganidan ko‘ra ko‘proq o‘q-dori sarflamoqda - Stoltenberg

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
NATO bosh kotibi Ukrainada surunkaviy o‘q-dori yetishmasligiga izoh berdi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik Ukrainada o‘q-dorilar sarfi hozirda NATO mamlakatlari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshib ketdi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.
“Hozir o‘q-dorilar ishlab chiqarilayotgandan ko‘p sarflanyapti”, - deydi u NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari uchrashuvidan oldin.
NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari uchrashuvi 14-15 fevralda Brusselda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvida mudofaa vazirlari harbiy ishlab chiqarish va kollektiv mudofaa xarajatlarini muhokama qiladi.
O‘tgan hafta Vladimir Zelenskiy devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovskva Kiyevda o‘q-dorilar deyarli qolmaganini ma’lum qilgan edi. U ushbu tanqislikni janglarning shiddatli kechayotgani bilan izohlagan.
“Rostex” davlat korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov yanvar oyi oxirida ta’kidlaganidek, Kiyevning Rossiya harbiylarida snaradlar yo‘qligi haqidagi da’volari va ba’zi xorijiy OAVlari materiallari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-sanoat kompleksi o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, ayrim turlari bo‘yicha - bir necha marta ko‘paytirgan.
Rossiya ayrim raqiblarga qaraganda yirik kalibrli snaradlarni bir necha baravar ko‘p ishlab chiqaradi, deydi agentlikka xabardor manba.Rossiya qurolli kuchlarida snarad taqchilligi yo‘q va kutilmaydi. Mudofaa korxonalari snaradlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda davom etadi, deya qo‘shimcha qiladi u.
Yangiliklar lentasi
0