O‘zbekiston tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalar yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi – foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalar yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyati bilan tanishish chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Yoshlar bilan suhbatda o‘z mutaxassisligiga qo‘shimcha xorijiy tillar va zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘rganishning ahamiyati ta’kidlandi.
“Har bir davlatning mudofaasi uning qudratini ko‘rsatadi. Mudofaani esa sizga o‘xshagan bilimli, aqlli, irodali harbiylar, muhandis va uchuvchilar ta’minlaydi. Bunga munosib bo‘lish uchun doim o‘qib-o‘rganib, o‘z ustingizda ishlab, har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishingiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev sport va o‘quv mashg‘ulotlarini ko‘rdi. O‘quv yurti uzra hujumchi, qiruvchi, transport samolyotlar, jangovar vertolotlar ishtirokida harbiy aviatsiya parvozlari namoyish etildi.
Mutasaddilarga quyidagi ko‘rsatmalar berildi:
dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, havo mudofaasini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, ushbu bilim yurti faoliyatini ham shunga muvofiq takomillashtirish, xorijiy muassasalar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarga Xonobod aerodromida harbiy havo kemalarini boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish, bevosita o‘quv poligonlarida ishtirok etish imkonini bermoqda.
Parvozga tayyorgarlik markazi va axborot-resurs markazi, 4 ta mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari harbiy uchuvchilarning professionallik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
120 o‘rinli madaniyat markazi, 400 o‘rinli yotoqxona, oshxona, saf maydoni va sport shaharchasi kursantlar ixtiyorida. Ayni paytda bu yerda 276 nafar kursant ta’lim olmoqda.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti  - Sputnik O‘zbekiston
7/7
1/7
2/7
3/7
4/7
5/7
6/7
7/7
Yangiliklar lentasi
0