Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk Radisson Collection Hotel ochiladi – tafsilotlar

© Foto : www.hoteliers.uzRadisson Collection Hotel, Tashkent.
Radisson Collection Hotel, Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Radisson Collection Hotel 27 ming kvadrat metrdan ortiq maydonga ega 22 qavatli asosiy binodan iborat bo‘ladi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. 2026-yilda Toshkentda Radisson Collection Hotel ochiladi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyodagi birinchi Radisson Collection mehmonxonasi bo‘ladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Mehmonxona majmuasi Sayilgoh ko‘chasida 130 ming kvadrat metr maydonda joylashishi rejalashtirilmoqda. U jamoat joylari, savdo maydonchalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohi bo‘lgan to‘rtta binoni o‘z ichiga oladi.
Radisson Collection Hotel’ning o‘zi 27 ming kvadrat metrdan ortiq maydonga ega 22 qavatli asosiy binodan iborat bo‘ladi. Mehmonxonada 164 ta nomer bo‘ladi.
“Biz o‘z portfoliomizni Markaziy Osiyodagi birinchi Radisson Collection brendi ostidagi mehmonxona bilan to‘ldirishdan mamnunmiz”, - dedi Radisson Hotel Group’ning MDH va Gruziyadagi biznesini rivojlantirish bo‘yicha katta direktori Mariya Znova.
Mehmonxona infratuzilmasi restoran, lobbi bar, VIP zalga ega launj hududi, suzish havzalari bo‘lgan spa, skay bar, konferensiya zallari va majlislar zallarini o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0