“Balki Putin haqdir” — AQSh razvedkachisi G‘arb yashirayotgan haqiqatni oshkor qildi

© Sputnik / StringerKiyev, arxivnoe foto
Kiyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq razvedkachi Skott Ritter: Ukrainada "millatchi" "milliy qahramon"ga aylantirilgan. Ular yoshlarni shu yo‘nalishda tarbiyalashadi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. G‘arb Ukrainada millatchi Stepan Bandera milliy qahramonga aylantirilganini biladi, lekin ular buni yashirish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishmoqda. Bu haqda RIA Novosti AQSh dengiz piyodalari korpusining sobiq razvedkachisi Skott Ritterning OAVga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.
“Ukrainaliklar Banderani milliy qahramonga aylantirganini tushunib, balki Putin haqdir, deb o‘ylaysiz. Ammo G‘arb bu haqiqatni har tomonlama yashiradi”, dedi u.
Ofitserning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada Bandera haqida qo‘shiqlar kuylab, uning sharafiga haykallar o‘rnatib, yoshlarni shu yo‘nalishda tarbiyalashadi. Ammo G‘arbda hali ham Ukrainadagi maxsus operatsiya hech qanday sababsiz boshlanganini aytishadi.
Yangiliklar lentasi
0