Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollar mukofotlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJenshini Uzbekistana
Jenshini Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 80 ga yaqin ayol va qizlarni orden va medallar bilan mukofotladi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Hujjtaga ko‘ra, 80 ga yaqin ayol va qiz orden va medallar bilan mukofotlandi.
Xotin-qizlar quyidagi orden va medallar bilan mukofotlandi:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 15 nafar;
“Do‘stlik” ordeni bilan 19 nafar;
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan 5 nafar;
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan 4 nafar,
"Sog‘lom turmush" medali bilan – 3 nafar;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan – 4 nafar;
"Kelajak bunyodkori" medali bilan – 3 nafar;
"Shuhrat" medali bilan – 23 nafar.
Mazkur mukofotlarga o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan ayol va qizlar munosib ko‘rildi.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0