Ibrohim Abdurahmonovga UNESCO mukofoti topshirildi — uning miqdori 350 ming dollarga teng

© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiIbrohim Abdurahmonov
Ibrohim Abdurahmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri UNESCO’ning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ibrohim Abdurahmonovga UNESCO’ning xalqaro mukofoti topshirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ekvatorial Gvineya Milliy universiteti (National University of Equatorial Guinea)da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Unda vazir UNESCO’ning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiIbrohim Abdurahmonov
Ibrohim Abdurahmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Ibrohim Abdurahmonov
Mukofot miqdori 350 ming dollarni tashkil qiladi. Bu summa to‘rt g‘olib orasida teng bo‘linadi.
Mukofotlanganlarning tadqiqotlari oziq-ovqat xavfsizligi, paxta navlarini takomillashtirish, vaksinalarni ishlab chiqish va og‘ir irsiy kasalliklarni davolashning innovatsion usullariga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0