Shahzoda Garrining farzandlari Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmadi – OAV

© AP Photo / Frank AugsteinPrins Garri i Megan Markl
Prins Garri i Megan Markl  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2023
Obuna bo‘lish
Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va Megan Marklning farzandlari – shahzoda Archi va malika Lilibet hozirda Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmayapti.
Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.
“Sasseks gersogi va gersoginyasining farzandlari shahzoda Archi va malika Lilibet hozircha toj kiyish marosimiga taklif qilinmagan”, - deyiladi OAV xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklifnoma olgan.
Uch yoshli shahzoda Archi taxt vorisligiga oltinchi, uning singlisi Lilibet yettinchi o‘rinda turadi.
Shahzoda Garri va Megan Markl qariyb uch yil oldin qirollik oilasi bilan to‘qnash kelganidan so‘ng, qirollik vazifalarini bajarishdan bosh tortib, Buyuk Britaniyani tark etdi. 2021-yil mart oyida juftlik Opra Uinfriga shov-shuvli intervyu berishdi, unda ular qarindoshlarini befarqlik, doimiy bosim va hatto irqchilikda ayblashdi. O‘shandan beri er-xotin va qirollik saroyi o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0