Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Ravshan Irmatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo futbol konfederatsiyasi qo‘mitalariga vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi qo‘mitalariga vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, tashkilotning Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga OFK Ijroiya qo‘mitasi vakili, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFA) Ijroiya qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili sifatida saylangandi.
Yangiliklar lentasi
0