Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUlugbek Kosimov
Ulugbek Kosimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
Qosimov 2022-yil dekabr oxiridan buyon Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasida Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi. Qosimov 2022-yil dekabr oxiidan buyon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi edi.
“Viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini bu lavozimga taklif qilaman. Ulug‘bek Qosimovga berilgan qisqa vaqt va imkoniyat Surxondaryodagi vaziyat va aholi tashvishlarini chuqur o‘rganish uchun yetarli, deb hisoblayman”, — dedi davlat rahbari.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.
So‘ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, viloyat prokurori sifatida ishlagan. 2019-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurori bo‘lgan. 2021-2022 yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lib mehnat qilgan. 2022-yil dekabr oxirida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0