Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif buyuradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirzoiyev vistupayet na sammite Turkskix stran
Shavkat Mirzoiyev vistupayet na sammite Turkskix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar rahbarlari favqulodda ofatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish yuzasidan fikr almashadilar.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-16 mart kunlari Turkiyada bo‘lib, Turkiy Davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida ishtirok etadi.
2023 yilning 16-mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining "Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami" mavzusida navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu sammit yaqinda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o‘taydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.
Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0