Jahongir Ortiqxo‘jayev tarjimai holi

© Mejdunarodniy press-klubXokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Ortiqxo‘jayev 2018-2023 yillarda Toshkent shahri hokimi sifatida ishlagan.
Jahongir Abidovich Ortiqxo‘jayev - 1975-yil 2-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1996 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 17 yoshida Ortiqxo‘jayev birinchi korxona – “Jahongir” MChJ, sartaroshxona va poyabzal do‘konini ochgan.
2011 yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2017—2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan. 2020-yilda — O‘zbekiston yoga federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 2015-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2021-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvonini olgan.
2018 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni hokim lavozimiga ko‘rsatib, uning tadbirkorlik faoliyatidagi muvaffaqiyati uni eng munosib nomzod qilib qo‘yganini ta’kidlagan. 2018-yil 26-aprelda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari 35-sessiyasida Ortiqxo‘jayev bir ovozdan Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan. 2018-yil 21-dekabrda Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan. Shu yilning 14-sentabrida Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 16-yanvar kuni energetika inqiroziga bag‘ishlangan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jayev iste’foga chiqishini ma’lum qilgan. Aytilishicha, Ortiqxo‘jayev vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga ldozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan.
Shu yilning 30-yanvar kuni Markaziy Saylov komissiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevni senatorlar qatoridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
“Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jahongir Abidovich Ortiqxo‘jayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat a’zosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin”, - deyiladi MSK qarorida.
Oilali. Ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar qizi bor. Turmush o‘rtog‘i — Nigora Ortiqxo‘jayeva, “G-United Group” kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi.
Katta qizi Jamila Ortiqxo‘jayeva - O‘zbekiston prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘g‘liga turmushga chiqqan. Yana bir qizi Komila Ortiqxo‘jayeva. 2021-yilda O‘zbekiston prezidenti devonining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘g‘li Shahobbidin Nizomiddinovga turmushga chiqqan.
Yangiliklar lentasi
0