Xokkey: O‘zbekiston terma jamoasi OChdagi navbatdagi g‘alabasi bilan peshqadamga aylanib oldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlariga qarshi bahs olib borib, 7:4 hisobida g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Mo‘g‘ulistonda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlariga qarshi bahs olib borib, 7:4 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng xokkeychilar turnir jadvalida 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib olishdi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
O‘zbekiston terma jamoasi
4-tur o‘yini bugun Tailandga qarshi o‘tkaziladi. Agar ushbu bahsda ham sportchilar g‘alaba qozonishsa, chempionat g‘olibligini muddatidan avval rasmiylashtirishadi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
O‘zbekiston terma jamoasi
Yangiliklar lentasi
0