AFC U20: Osiyo Kubogi finali qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi - tafsilotlar

© UFAUzbekistan - Yujnaya Koreya AFC U20 1/2 final
Uzbekistan - Yujnaya Koreya AFC U20 1/2 final - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi xalqaro turnir finalida Iroq terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekiston U20 yoshlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi doirasida Iroqqa qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Turnirning final uchrashuvi 18-mart kuni "Bunyodkor" stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19.00da boshlanadi.
Yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Kubogi final uchrashuvi uchun chiptalarni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni kassalari va maxsus sayt orqali xarid qilish mumkin.Final o‘yini chiptalari narxi 25-300 ming so‘mni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 1-mart kuni O‘zbekistonda U20 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. Ushbu turnir jamoalarning 2023-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmasini ta’minlaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi 15-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘l oldi. Finalda o‘zbekistonlik futbolchilar Iroq terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi. Uchrashuv 18-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0