Hindistondagi boks bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik sportchi chorak finalga chiqdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaFarzona Fozilova vishla v chetvertfinal Kubka Mira po boksu
Farzona Fozilova vishla v chetvertfinal Kubka Mira po boksu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Turnir 26-martga qadar davom etadi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Hindistonda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi bahslarida o‘zbekistonlik Farzona Fozilova serbiyalik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Ushbu g‘alaba sportchiga chorak finalga yo‘llanmani taqdim etdi. Fozilova 48 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Hindiston poytaxtida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Turnir 26-martga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0