Prezident Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Prezidentning tegishli farmoni bilan 41 nafar mahalla tizimi xodimi mukofotlandi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 41 nafar faol orden va medallar bilan mukofotlandi.
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan 6 nafar;
"Do‘stlik" ordeni bilan 12 nafar;
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan 2 nafar;
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan 2 nafar;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan 2 nafar:
"Jasorat" medali bilan 2 nafar;
"Sog‘lom turmush" medali bilan 3 nafar;
"Kelajak bunyodkori" medali bilan 2 nafar;
"Shuhrat" medali bilan 10 nafar.
Mazkur mukofotlar faollarga mahallaning o‘rni va nufuzini yuksaltirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi katta xizmatlari, xalq orasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik an’analarni asrab-avaylash kabi ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun berilgan.
Yangiliklar lentasi
0