Vladivostok – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar soni oshirildi

© Uzbekistan Airwayssamolyot Uzbekistan Airways
samolyot Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Parvozlar Airbus A321 samolyotlarida chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. "Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi Vladivostokdan O‘zbekiston poytaxtiga parvozlar sonini haftasiga ikki martagacha oshirmoqda. Bu haqda RIA Novosti Vladivostok xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

"29 martdan boshlab "Uzbekistan Airways” Vladivostokdan Toshkentga parvozlar sonini haftasiga ikki martagacha oshiradi. Parvozlar "Airbus A321" samolyotlarida chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.

Sayohatchilar Toshkentga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona shaharlariga ham borishlari mumkin. Bundan tashqari, Toshkentdan Misr, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0