O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonida Gruziya bilan muzokaralarni yakunladi

© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Toshkentda ikki mamlakat bosh vaziri o‘rinbosarlari Jamshid Xo‘jayev va Levan Davitashvili raisligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
O‘zbekiston Gruziya bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Tadbir yakunlari bo‘yicha imzolangan qator hujjatlar:
yig‘ilishning yakuniy bayonnomasi;
ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
O‘zbekistonning JST qo‘shilishi doirasida Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnoma.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizdan oshdi.
Uchrashuvda tomonlar yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini birgalikda 500 million dollarga yetkazishga kelishib olishdi. Xususan, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.
“Tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Boku-Tbilisi-Kars transport yo‘lagi va Gruziyaning rivojlangan Qora dengiz porti infratuzilmasidan foydalanishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 1994-yil iyun oyida Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuvda kuzatuvchi maqomini oldi, 1998-yilda esa JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi muzokaralar guruhi tuzildi.
2020 yil iyul oyida O‘zbekiston rasmiylari, JST va qator davlatlar vakillari qariyb 15-yillik tanaffusdan so‘ng ushbu guruhning to‘rtinchi yig‘ilishini onlayn tarzda o‘tkazgan edi.
O‘tgan yilning iyun oyi oxirida O‘zbekiston tomoni va JSTga a’zo davlatlar o‘rtasida tashkilotga a’zo bo‘lish shartlari bo‘yicha muzokaralar boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0