Muddati o‘tgan tovarlar haqida ma’lumot berganlar rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishTexnologiya proverki markirovannix tovarov s pomoshyu sistemi "Chestniy znak"
Texnologiya proverki markirovannix tovarov s pomoshyu sistemi Chestniy znak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Prezident imzolagan yangi qarorga ko‘ra, iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Muddati o‘tgan tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–110-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Shuningdek, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Qolaversa, sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi.
Quyidagilardan xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi:
o‘zganing tovar belgisi;
xizmat ko‘rsatish belgisi;
geografik ko‘rsatkichi;
tovar kelib chiqqan joy nomi;
adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgi yoki firma nomi.
Belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga qator faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Litsenziya olish talab kilinadigan faoliyat turlari:
Istemol va texnik etil spirti, alkogol maxsulotlari ishlab chikarish;
Alkogol maxsulotlarining ulgurji savdosi;
Tamaki maxsulotlari ishlab chikarish;
Giyoxvandlik vositalari, psixotro moddalar va prekursorlarning
muomalada bulishi bilan boglik faoliyat;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya kilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya kilish mustasno).
Vakolatli organlarni xabardor kilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:
Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish;
Alkogol maxsulotlari bilan chakana savdo kilish;
Umumiy ovkatlanish korxonalari tomonidan alkogol maxsulotlarini sotish;
Tamaki maxsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo kilish;
Pivo maxsulotlari bilan ulgurji savdo kilish.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qarorga muvofiq, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Jumladan:
murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi;
huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.
1 iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
1 avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.
1 sentabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0