Murod Rajabov vafot etdi

© Kinematografiya agentligiMurod Rajabov
Murod Rajabov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktorning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yaqinlari ma’lum qildi.
Murod Rajabov 1949-yili 30-may kuni tavallud topgan. U 1971-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Ijodi davomida "Ajoyib xayolparast", "To‘ylar muborak", "Olovli yo‘llar", "Tangalik bolalar", "Temir xotin", "Temir erkak", "Kichkina tabib", "Shaytanat", "Devona", "Sarvinoz", "Ulfatlar", “Kechir”, “Maktub”, "Niqob", “Super kelinchak”, “Kelgindi kuyov”, “Sevginator”, “Kelginda qaynona” filmlarida o‘ziga xos rollarni ijro etgan.
Rejissor sifatida “Pari momo”, “Ulfatlar”, “Anora”, “Ulfatlar 2”, “Bir kelib keting qishlog‘imizga”, “Ulfatlar 3 yohud ulfatlar Taylandda” filmlarini suratga olgan.
Yangiliklar lentasi
0