Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi – foto

© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Hunarmandlarning jami 1000 dan ortiq qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Buxoroning Shofirkon tumanidagi “Xoja Orif ar-Revgariy Mohitobon” ziyoratgohi hududida “Kashtado‘zlar va milliy xalq o‘yinlari” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.

“O‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlariga nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo‘ylab qiziqish ortib bormoqda. Shofirkonda o‘tkazilayotgan milliy festival hududda yashab, amaliy qo‘l mehnati bilan shug‘ullanayotgan hunarmandlarni ishlarini xalqqa ko‘rsatadi, shu bilan birga, mahalliy va xorijiy sayyohlarni xaridi uchun ham kerakli mahsulotlarni taqdim etadi”, - dedi Respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamova.

Mazkur festivalda 30 dan ortiq hunarmandlarning jami 1000 dan ortiq qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda milliy kashtado‘zlik, tikuvchilik, zargarlik, amaliy san’at bezaklari va boshqa o‘ziga xos milliy uslublarda ishlangan buyumlar o‘rin oldi.
© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Milliy xalq o‘yinlari saylida o‘zbek kurashi, belbog‘li kurash, ko‘kterak va shunga o‘xshash bellashuvlar tashkil etilib, sportchi bolalar va o‘smirlar jalb etildi.
© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.

“Bu kabi festivallarni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham o‘tkazish rejamizda turibdi. Davlat rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida milliy hunarmandlarga keng sharoitlar yaratilmoqda. O‘ylaymanki, respublika va xalqaro doiradagi milliy festivallar mohir hunarmandlarning amaliy tajribasi ortishiga keng hissa qo‘shadi”, - dedi mutaxassis.

© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
“Kashtado‘zlar va milliy xalq o‘yinlari” festivalida mohir kashtado‘zlar ko‘rgazmasida do‘ppi, ro‘mol, shohi so‘zana, gilamcha, sumka, nimcha, naqshinkor dasturxon va shu kabi mahsulotlar o‘rin oldi.
Shu bilan birga, o‘zbek folklor asarlaridan laparlar, o‘lan va milliy bayramona raqslar taqdim etildi.
© Hunarmand uyushmasiBuxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Buxoroda hunarmandlarning milliy festivali o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0