O‘zbekistonlik sportchi jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozlari orasidan joy oldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi a’zosi jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi ot sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbayev jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
AQShning Omaxa shahrida ot sporti turlari bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi nihoyasiga yetdi. Konkur dasturida “Lanselotta” laqabli tulporda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbayev musobaqani kuchli yigirmatalikda yakunladi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Xenrik Von Ekerman (Shvetsiya);
Garri Smolders (Niderlandiya);
Xanter Xollouvey (AQSh).
Bahslarda sportchilar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakragan. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi garchi sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsa ham, ot sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
Nurjan Tuyakbayev Jahon kubogiga 2022-yil o‘tgan Yevrosiyo ligasining g‘olibi sifatida yo‘l olgan.
Yangiliklar lentasi
0