Rossiya termasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida qatnashmasligini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tish Igroki sbornoy Rossii posle tovarisheskogo matcha po futbolu mejdu sbornimi komandami Uzbekistana i Rossii.
 Igroki sbornoy Rossii posle tovarisheskogo matcha po futbolu mejdu sbornimi komandami Uzbekistana i Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya terma jamoasi ilk bor tashkil etilayotgan CAFA musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortdi
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma’lum qildi.
“Biz kecha CAFA ga rasmiy maktub yo‘lladik, hamkasblarimizni xabardor qildik. Bizning qator tashkiliy qiyinchiliklarimiz bor, biz, afsuski, bosh tortishga majbur bo‘ldik”, - dedi Mitrofanov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borasida qator savollar, xususan, futbolchilar yelkasiga tushadigan katta yuklama bilan bog‘liq savol bo‘lgan.
Avvalroq Tojikiston futbol federatsiyasi RIA Novostiga Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida ishtirok etishini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Rossiya futbol ittifoqi terma jamoaning ishtirok etish imkoniyati va shartlari hozircha muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dukov yakuniy qaror aprel oyida qabul qilinishi aytgan edi.
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari kiradi. 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida tarixda ilk bor CAFA chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0