Ukrainada mamlakatni sotishga qaror qilishdi — OAV

© Sputnik / StringerKiyev, arxivnoe foto
Kiyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Bloomberg: Ukraina yirik davlat firmalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotishga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ukraina yirik davlat firmalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotishga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Bloomberg" agentligiga tayanib xabar berdi.

“Bu yil ularni (davlat korxonalari – tahr.) sotmasak, keyingi yilda ular faqat ko‘chmas mulk obyekti sifatida bo‘ladi, bir yildan keyin esa faqat ular turgan yerlar sotiladi”, - deya Ukraina Davlat mulk jamg‘armasi rahbari Rustem Umerov so‘zlarini keltirgan agentlik.

Uning fikricha, bu ikki guruhga bo‘lingan hukumatga bog‘liq: hamma narsani sotmoqchi bo‘lganlar va bunga qarshi bo‘lganlar. Qayd etilishicha, agar rasmiylar qaror qabul qilsa, Kiyev davlat korxonalarini sotishdan 400 million dollarga yaqin daromad oladi. Yana 190 million qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishdan olish mumkin.
Oliy Rada avvalroq 2021-yil 1-iyuldan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarini sotishga qo‘yilgan moratoriyni bekor qiluvchi qonunni qabul qilgan edi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Amerika kapitali ishtirokidagi uchta xalqaro konsorsium Ukraina yerlarining eng yirik xaridoriga aylandi va jami 17 million gektarni egalladi, bu Ukraina hududining 28 foizini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0