Toshkent — Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediyaSkorostnoy poyezd "Afrosiyeb"
Skorostnoy poyezd Afrosiyeb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
28 aprel va 1-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
“Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 28-aprel va 1-may kunlari 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi, Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi, Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
Yangiliklar lentasi
0