Alyaskada AQSh armiyasining ikkita vertoloti halokatga uchradi

© Foto : New Jersey National Guard/Mark C. OlsenAmerikanskiy vertolet UH-60M Black Hawk
Amerikanskiy vertolet UH-60M Black Hawk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
AQSh armiyasining ikkita vertoloti Alyaskada o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchradi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Alyaskada AQSh armiyasining ikkita vertoloti o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
AH-64 Apache vertolotlari Ferbanks shahri yaqinidagi Fort-Ueynrayt bazasida joylashgan edi.

“Hodisa joyida tez tibbiy yordam xodimlari ishlamoqda. Hodisa tergov qilinmoqda va qo‘shimcha ma’lumotlar ma’lum bo‘lishi bilan e’lon qilinadi”, — deyiladi baza qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Samolyot bortida qancha odam bo‘lgani va halokatdan keyin ularning ahvoli qanday ekani ochiqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0