"Bahor" ansambli Nijniy Novgorodda konsert beradi

© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaTansevalniy ansambl "Baxor" zanyal tretye mesto na mejdunarodnom festivale v Tursii.
Tansevalniy ansambl Baxor zanyal tretye mesto na mejdunarodnom festivale v Tursii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Ansambl repertuarida 200 dan ortiq xoreografik sahna ko‘rinishlari mavjud.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida 1-may kuni Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblining katta konsert dasturi taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Konsert A.S.Pushkin nomidagi Nijniy Novgorod davlat akademik opera va balet teatri sahnasida bo‘lib o‘tadi.
Sayyor guruh ijod repertuarida 200 dan ortiq xoreografik sahna ko‘rinishlari mavjud. Ansamblda 20 dan ortiq raqqosalar faoliyat yuritadi.
Konsertda o‘zbek raqslari milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida namoyish etiladi. Ular orasida tanovar, lazgi, andijon polkasi, buxorcha kabi milliy raqslar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida “Bahor” ansamblining katta konserti taqdim qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0