Oksana Chusovitina Qohirada o‘tayotgan Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOksana Chusovitina. Arxivnoe foto
Oksana Chusovitina. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Misrda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boshlandi. Unda Chusovitina va Aripova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oksana Chusovitina va Dildora Aripova Qohirada o‘tayotgan Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boshlandi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaChusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire
Birinchi kun bahslari yakuniga ko‘ra, Oksana Chusovitina tayanib sakrash, Dildora Aripova esa turli balandlikdagi bruslarda mashq dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaChusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire

“Afsuski, yigitlar hali final yo‘llanmasiga ega chiqishmadi. Bugun saralash bosqichining ikkinchi kun bahslari davom etadi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mazkur bosqich orqali sportchilar Belgiyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishmoqda.
Antverpen shahri mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligida esa Parij-2024 Olimpiadasining litsenziyalari o‘ynaladi.
Yangiliklar lentasi
0