O‘zbekistonlik bokschilar jahon reytingidan o‘rin oldi — ro‘yxat

© AFP 2023 / YURI CORTEZBoksor Xasanboy Dusmatov prazdnuyet zavoyevanie Uzbekistanom pervoy zolotoy medali Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro 14-avgusta 2016 goda.
Boksor Xasanboy Dusmatov prazdnuyet zavoyevanie Uzbekistanom pervoy zolotoy medali Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro 14-avgusta 2016 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
WBA aprel oyi yangilangan reytingni e’lon qildi, unda 8 nafar o‘zbek bokschisi yuqori o‘rinlarni egallagan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Unda 8 nafar o‘zbek bokschisi yuqori o‘rinlarni egallagan, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Yarim yengil vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi, WBA kamari uchun majburiy da’vogar Otabek Xolmatov (11-0) reytingda 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov ham o‘z vazn toifasida reyting peshqadami bo‘lgan. Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda 2-o‘rinni egallagan.
© proboxing_uz WBA obyavila obnovlenniy reyting za aprel.

WBA obyavila obnovlenniy reyting za aprel. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
WBA obyavila obnovlenniy reyting za aprel.
Mazkur reytingdan jami 8 nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan:
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) 1-o‘rin;
Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 3-o‘rin;
Shohjahon Ergashev (super yengil vazn) 6-o‘rin (o‘tgan oyda 7-o‘rin);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) 3-o‘rin;
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) 5-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) 1-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) 6-o‘rin (o‘tgan oyda 12-o‘rin).
Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Toshkentda ilk bor boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar bokschisi ringga ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0