Endi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga jamoatchilik fikri asosida pul ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaxallya vdol kanala Kalkauz v Tashkente
Maxallya vdol kanala Kalkauz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Loyihalar to‘plami g‘olib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz to‘plashi lozim.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtiriladi. Bu haqda Hukumatning 183–sonli qarori bilan tegishli nizom qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar to‘plami mahallalar (qishloqlar) bo‘yicha shakllantiriladi va g‘olib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.
Dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023 yil uchun, istisno tariqasida, 2023-yil may oyida) o‘tkaziladi.
Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda – portalda loyihalar to‘plami shakllantiriladi;
2-bosqichda – shakllantirilgan loyihalar to‘plami saralab olinadi;
3-bosqichda – saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar to‘plamlariga ovoz beriladi.
G‘olib mahallalar (qishloqlar) ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval keng jamoatchilikka e’lon qilingan holda qator usullardan biri orqali aniqlanadi.
loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib;
aholi soni kam bo‘lgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan holda loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra har bir tuman (shahar) uchun jamg‘armada shakllantirilgan mablag‘lar doirasida eng yuqori ko‘rsatkichni egallagan loyihalar to‘plami g‘olib deb topiladi.
Bunda loyihalar to‘plami g‘olib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz to‘plashi lozim.
Ovoz berish yakunlangandan so‘ng 3 kunda g‘olib loyihalar to‘plamini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantiriladi hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi.
Tuman (shahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uchun manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi.
Har yil yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar rag‘batlantirib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0