Konstitutsiyaning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslar bor – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predsedatelem pravleniya saudovskoy kompanii "ACWA Power" Muxammadom Abdulloy Abunayanom, sostoyavsheysya na polyax investitsionnogo foruma.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predsedatelem pravleniya saudovskoy kompanii ACWA Power Muxammadom Abdulloy Abunayanom, sostoyavsheysya na polyax investitsionnogo foruma. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Xalqning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchaga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
“Bularning barchasi – millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir yurtdoshimiz “qilsa bo‘lar ekan-ku”, deb o‘z ro‘zg‘ori, oilasi misolida yurtimizda yuz berayotgan katta o‘zgarishlarni yaqqol sezayotganidan dalolat emasmi? Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz!”, - dedi davlat rahbari.
Xalqning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchaga katta mas’uliyat yuklashi, el-yurtni rozi qilish uchun yangi marralarga undashi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-g‘ayrat va ilhom bag‘ishlashi ta’kidlandi.
“O‘zining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, g‘oya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan ko‘p millatli, mard va olijanob xalqimizga ta’zim qilaman”, - dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0