Bolalarga ayrim obyektlarga bepul kirishga ruxsat beriladi — yangi tartib

© Madaniy meros agentligi“Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi
“Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-sentabrdan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Endi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar madaniy meros obyektlariga bepul kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda 8-may kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan, ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etiladi.
Bunday tartib yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida tadbiq etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0