Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Robaxon Mahmudova — biografiya

© Senat Oliy Majlisa UzbekistanRobaxon Maxmudova
Robaxon Maxmudova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova tarjimai holi.
Mahmudova Robaxon Anvarovna 1958-yil 9-noyabrda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli.
1983 yilda Toshkent davlat universitetining “Huquqshunoslik” fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1976 yilda Farg‘ona viloyat sudining kotibi
1979-1983 yillarda Farg‘ona shahar 1-sonli Davlat notarial idorasining notariusi
1983-1987 yillarda Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
1987-1990 yillarda Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasining yo‘riqchisi
1990-1999 yillarda Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
1999-2001 yillarda Farg‘ona viloyat sudining sudyasi
2001-2004 yillarda Farg‘ona shahar sudining raisi
2004-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
2008-2013 yillarda Farg‘ona viloyat sudining raisi
2013-2017 yillarda Farg‘ona yuridik kollejining o‘qituvchisi.
2017-2020 yillarda Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, 2020-yil yanvar oyidan Oliy Majlis Senatining Fan ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2020 yil 13-iyuldan hozirga qadar O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
2020 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Birinchi malaka darajali sudya, jinoyat va ma’muriy huquq bo‘yicha tajribali mutaxassisdir.
Robaxon Mahmudova oilali, ikki nafar farzandi bor.
Yangiliklar lentasi
0