Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etildi

© Foto: SossetiShukrullo Egamberdiyev
Shukrullo Egamberdiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2023
Obuna bo‘lish
Avvalroq imomning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyev lavozimidan ozod qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) Ichki nazorat komissiyasi xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan imom-xatib Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilgan.
Yig‘ilishda imom-xatibning e’tirozlarga sabab bo‘lgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligiga urg‘u berilgan. Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlarida xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etgan va uzr so‘ragan.
Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
“O‘z navbatida, mazkur xatti-harakatlarga nisbatan huquqiy baho berib, tegishli chora ko‘rilishi munosabati bilan imom-xatibni obro‘sizlantirish holatlaridan saqlanishni so‘raymiz”, - deyiladi O‘MI xabarida.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga hayfsan intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish to‘g‘risida xulosa qildi.
Yangiliklar lentasi
0