Toshkentda “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali bo‘lib o‘tadi

© Ministerstvo kulturi i turizmaDramaticheskiy teatr, illyustrativnoe foto.
Dramaticheskiy teatr, illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2023
Obuna bo‘lish
Jahon va o‘zbek spektakllarining namoyishlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda 22-28 may kunlari “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Festival doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjondan teatr jamoalari hamda o‘zbek teatrlari spektakllari namoyish etiladi.
22 may kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festival ochilishi oldidan matbuot anjumani, so‘ngra “Adolat fasli” spektakli namoyish etiladi.
23 may kuni G. Musrepov nomidagi Qozog‘iston davlat bolalar va o‘smirlar teatrining “Karagoz” spektakli va Turkiya Eski shahar mustaqil teatrining "Qaytish" spektakllari;
24 may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining "Voyna" va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining "Qorqit" spektakllari;
25 may kuni V. Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining "Ispoved Omara Xayama"va O‘zbekiston davlat drama teatrining "Romeo va Julyetta" spektakllari;
26 may kuni B. Kidikeeva nomidagi Qirg‘iz davlat yoshlar teatrining "Umut" va Minsk shahar yangi drama teatrining "Varshavskaya melodiya" spektakllari;
27 may kuni Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining "Noch i popugay" va Sankt-Peterburg Vasilev orolchasi davlat drama teatrining "Varshavskaya melodiya" spektakllari namoyish etiladi.
Spektakllar turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, festival ishtirokchilari diplom (sertifikat), statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mazkur festivalning tantanali taqdirlash marosimi 28-may kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0