Ispaniya armiyasining F-18 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishForum "Armiya-2020". Demonstratsionnie poleti
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnie poleti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2023
Obuna bo‘lish
Ispaniyada havo kuchlari ko‘rgazmasi vaqtida F-18 qiruvchi samolyoti noma’lum sabablarga ko‘ra yerga quladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Ispaniya armiyasining F-18 qiruvchi samolyoti Saragosa aviabazasida halokatga uchradi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Halokat paytida havo kuchlari ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. O‘sha jarayonda samolyot noma’lum sabablarga ko‘ra yerga qulagan.
Uchuvchi o‘zini irg‘itishga ulgurgan va u darhol tibbiy vertolotda kasalxonaga olib ketildi.
Avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan. O‘t o‘chiruvchilar qiruvchi samolyot halokatga uchraganidan bir necha daqiqa o‘tib, u keltirib chiqargan yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga yetib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0